Jamiyat | 22:01 / 08.10.2019
49968
2 daqiqa o‘qiladi

Umraga jo‘natish bo‘yicha xususiy firmalar yuzasidan qo‘mita izoh berdi

Bugun, 8 oktabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining «Yoshlar press-klubi»da Umra-2019 mavsumi bo‘yicha brifing o‘tkazildi.

Brifingdan so‘ng, qo‘mita rais o‘rinbosari intervyu berdi. Unda Umra safari uchun xususiy tashkilotlarga berish nega haligacha amalga kiritilmagani so‘raldi.  

«Bu masala o‘rganib chiqilmoqda. Lekin bu bizning qo‘mita vakolatida emas. Bizga hamkor qo‘mitalar bor, mutasaddi tashkilotlar bor. Mana shu ziyorat turizmini amalga oshirish va boshqa masalalar bo‘yicha mutasaddilar bilan ittifoqqa kelinib, muayyan ishlar amalga oshirilsa din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hech qanday aralashuvi yoki boshqa holatlarga ehtiyoj yo‘q. Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita vakolatiga kirmaydi. Aslida qo‘mita Haj va Umra masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashida o‘z faoliyatini ko‘rsatadi. Bu kengash orqali Haj va Umra masalalaridagi ishlarni muvofiqlashtiradi. Brifingda aytildiki, agar xususiy vizalar haqida gapiriladigan bo‘lsa, hozir Saudiya Arabistoni yangi platformada ishini boshladi», – deya javob berdi Muzaffar Komilov.

Mavzuga oid