Muzaffar Murotoviç Komilov prezidentning diniy-ma’rifiy masalalar böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Muzaffar Komilov davlat boşqaruvi, diniy-ma’rifiy sohalar va ta’lim tizimida katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U turli yillarda bir qator mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlagan.

Şuningdek, u Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tizimida boşqarma boşliği bölib işlagan, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti hamda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Komilov 2022 yildan boşlab Özbekiston prezidentining jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi sifatida ham işlagan.

Bundan taşqari, u Özbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori sifatida ham faoliyat yuritgan va diniy-ma’rifiy ta’lim hamda ilmiy tadqiqotlar sohasidagi işlarga rahbarlik qilgan.

2026 yil mart oyidan buyon Prezident administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar böyiça departamentining boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.