O‘zbekiston | 16:38 / 10.10.2019
52367
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada aviatsiya bombasi topildi

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida kutilmagan holat kuzatildi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 oktabr kuni soat 16:00larda “Turk” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Abduqodir” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligining gilos bog‘idan shartli belgilarsiz, uzunligi 94 sm., og‘irligi 150 kg. bo‘lgan aviatsiya bombasi topilgan. 

“Xayriyatki, hech kimga zarar yetmadi”, - deyiladi IIV nashri xabarida.

Bildirilishicha, ayni paytda yo‘q qilish maqsadida harbiy qismga topshirilgan bombaning bog‘da qanday paydo bo‘lib qolgani, qanchalik xavfliligi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid