Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva: «Ayollarning parlamentdagi ulushini 40 foizga yetkazmoqchimiz»
Bugun, 10 oktabr kuni Oliy Majlis Senati binosida YeXHT huzuridagi doimiy vakolatxonalar rahbarlari delegatsiyasi va Senat raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuv o‘tkazildi.
22 mamlakatdan tashrif buyurgan vakillar parlament faoliyati bilan tanishishdi. Ularga mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo‘layotgan islohotlar borasida ham ma'lumot berildi. Shuningdek, delegatsiya a'zolari gender tengligi masalalariga qay darajada e'tibor berilayotgani borasida savollar bilan yuzlanishdi. Senat raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistonda ayollarning siyosiy faolligini oshirishda amalga oshirilayotgan harakatlar borasida atroflicha to‘xtaldi.
«Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan butun respublika bo‘ylab faol ayollar ro‘yxati tuzilgan bo‘lib, unga 6 mingga yaqin ayollar kiritilgan. Biz ularning nomzodini parlamentga tavsiya qilyapmiz. Shu orqali ayollarning qonunlar qabul qilinishida ishtirokini ta'minlash imkoniyati bo‘ladi. Bu yo‘nalishda yana bir yutug‘imiz – xotin-qizlarning jamiyatda rolini oshirishga qaratilayotgan ishlar ularga nisbatan avvalgi, eskirgan stereotiplarni o‘zgarishiga yordam berayotganligidir. O‘zbekistonda parlamentning 28 foizini ayollar tashkil etadi va buni 40 foiz va undan yuqoriga ko‘tarish niyatidamiz», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

YeXHT vakillari O‘zbekistonda gender tengligini ta'minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish borasida Senat bilan yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha taklif bildirishdi.
Mavzuga oid
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
20:11 / 25.06.2026
Tanzila Norboyeva mauntinbayk bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirokchilarini qutladi
14:08 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Serbiya parlamentlari hamkorlik memorandumini imzoladi
15:00 / 03.06.2026