Jamiyat | 22:03 / 12.10.2019
4555
3 daqiqa o‘qiladi

Chirchiqda «Huquqiy bilimlar kuni» o‘tkazildi

12 oktabr kuni Chirchiq shahrining «Mashinasozlar» istirohat bog‘ida mingdan ortiq yoshlar va tadbirkorlar ishtirokida «Huquqiy bilimlar kuni» fleshmobi o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga Toshkent viloyat Adliya boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mazkur tadbir Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar berish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish, shuningdek, huquqiy bilimini baholash va rag‘batlantirish maqsadida tashkillashtirildi.

Unda ishtirok etganlarni huquqiy bilimlarga qiziqtirish hamda ularning huquqiy savodxonligini rag‘batlantirish uchun yoshidan kelib chiqib test savollari tarqatildi hamda turli tanlovlar va viktorinalar tashkil etildi. Xususan, maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Huquq bilimdonlari», Chirchiq davlat Pedagogika instituti talabalari o‘rtasida «Saylov bilimdoni» tanlovi o‘tkazildi.

Viktorina va savol-javoblarda faol ishtirok etgan va g‘olib bo‘lgan 50 nafar qatnashchilarga maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.

Adliya boshqarmasi tomonidan qatnashchilarga normativ-huquqiy hujjatlari mazmun mohiyati tushuntirilib 2000 nusxadan ortiq turli flayerlar, bukletlar tarqatildi. Malakali notariuslar va advokatlar tomonidan 40 dan ortiq qatnashuvchilarga bepul huquqiy maslahatlar berildi.

Viloyatda faoliyat yurituvchi «Istiqbolli avlod» va «Hunarmand» uyushmasi nodavlat notijorat tashkilotlari ham o‘zlarining ko‘rgazmali va tarqatma materiallari bilan faol ishtirok etishdi. «Istiqbolli avlod» NNT tomonidan noqonuniy migratsiya oqibatlari va odam savdosiga qarshi kurashish mavzularida ishtirokchilarga tushuntirishlar berilib tarqatma materiallar tarqatildi.

Viloyat bandlik bosh boshqarmasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Huquqiy bilimning minimum darajasidan kelib chiqib yo‘l xarakati qoidalaridan o‘quvchilarni xabardor qilish maqsadida viloyat IIB YHHB xodimlari ham o‘zlarining ko‘rgazmali targ‘ibot materiallari bilan ishtirok etishdi.

Chirchiq shahar DXM tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi fleshmobda ishtirok etayotgan aholiga qulayliklar yaratdi. Markaz tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, bolalarga maktabgacha ta'lim muassasasiga yo‘llanmalar berish kabi 20 dan ortiq davlat xizmati ko‘rsatildi. 

Mavzuga oid