Sport | 22:21 / 14.10.2019
29984
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy jamoasi Singapurga yetib bordi (fotojamlanma)

Ertaga, 15 oktabr kuni JCh-2022 saralashi guruh bosqichining 4-turida O‘zbekiston milliy jamoasi Singapur mehmoni bo‘ladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 16:45da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston D guruhida 3 ochko bilan 3-o‘rinda, Singapur esa 4 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Bugun milliy jamoamiz charter-reys bilan Singapurga uchib bordi va Holiday Inn mehmonxonasiga joylashdi. Quyida jamoamizning Singapurda olingan suratlarini ko‘rishingiz mumkin.

Mavzuga oid