O‘zbekiston prezidenti Kavkaz musulmonlari idorasi raisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 oktabr kuni Boku shahrida Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, konfessiyalararo muloqotni kengaytirish, ta'lim va yoshlarning ma'naviy tarbiyasi masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbari bu boradagi xalqaro hamkorlik darajasi tobora yuksalib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Birgalikdagi sa'y-harakatlar zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi samarali kurashish, muqaddas islom dinining sof qadriyatlari va chinakam insonparvarlik maqsadlarini xalqaro hamjamiyatga yetkazishga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, o‘z navbatida, O‘zbekiston prezidentining islom olamining boy merosini o‘rganish va asrab-avaylash bo‘yicha tashabbuslarini va bu borada qabul qilinayotgan choralar samarali ekanini qayd etdi.
Ollohshukur Poshshozoda mamlakatlar va butun mintaqada tinchlik, totuvlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlash yo‘lida faol muloqot va hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024