Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati Xalq ta'limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Joriy yilning 14 oktabr kuni Toshkent viloyati Xalq ta'limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar bermoqda.
Pedagogika fanlari doktori, professor Nargiz Rahmonqulova Toshkent viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi rahbari lavozimini egalladi.
Bunga qadar Nargiz Rahmonqulova Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan edi.
Bildirilishicha, Toshkent viloyati Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining maktablar reytingida so‘nggi 14 o‘rinni egalladi.
Pedagogika fanlari doktori, professor Nargiz Rahmonqulovaning yangi lavozimdagi asosiy vazifalaridan biri Toshkent viloyati maktablarida ta'lim sifatini oshirish bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:20
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026