Jahon | 20:20 / 16.10.2019
9238
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyalik harbiylar Turkiya bilan chegaradagi shaharga madad kuchlari yubordi – OAV

Foto: Reuters

Suriya hukumat qo‘shinlari qo‘mondonligi Suriyaning shimolida joylashgan va Turkiya bilan chegaradosh Ayn-Issa shahriga madad kuchlari jo‘natdi. Bu haqda kurd tuzilmalariga yaqin bo‘lgan arab ommaviy axborot vositalari xabar berdi. 

Jumladan, shahar yaqinidagi bazaga qo‘shimcha zirhli texnika jo‘natilgan.

Ayn-Issa shahri Suriyaning Turkiya bilan chegarasi yaqinida, turk armiyasi kurd tuzilmalariga qarshi amaliyot olib borayotgan hududda joylashgan. 

Avvalroq kurdlar Damashq bilan Suriya armiyasi kurdlar nazoratidagi hududlarni turk harbiylaridan himoyalash uchun mamlakat shimoliga qaytishi haqidagi kelishuvga erishgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid