Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi.
2019 yilning 15 oktabr kuni soat 01:03da Toshkent shahri M.Ulug‘bek tumani Qori Niyoziy ko‘chasida 8-uyda joylashgan, yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli “Eldor Dilfuza” oziq-ovqat do‘konida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga to‘rtta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga uch daqiqada yetib borgan. Yong‘in soat 01:11da o‘rab olinib, soat 01:15da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida do‘konning 20 kv. metr maydonda shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan.
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘indan do‘konning 50 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026