Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlikni rivojlantirish holatini baholash tizimi joriy etiladi
Tuman va shahar miqyosida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ishbilarmonlik muhiti holatini baholash tizimi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida aytilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Davlat statistika qo‘mitasi, Markaziy bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan Tuman va shahar miqyosida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ishbilarmonlik muhiti holatini baholash tizimi 2020 yil 1 yanvardan boshlab joriy etiladi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Vazirlar Mahkamasining ishchi guruhlari (J. Qo‘chqorov, A. Ikromov, G‘. Mamatqulov, Yo. Tursunov, S. Xolxo‘jayev, N. Sharipov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
tuman va shahar miqyosida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ishbilarmonlik muhiti holatini baholash natijalari umumlashtirilishini va monitoringini ta'minlaydi, har bir tuman (shahar)ning reytingini aniqlaydi hamda muntazam ravishda iqtisodiy sharh chiqaradi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida tadbirkorlik rivojlantirish masalalari bo‘yicha har oyda o‘tkaziladigan videoselektor majlislarida tanqidiy ko‘rib chiqish va muhokama qilish maqsadida baholash indikatorlari natijalarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
har oyning 7-sanasigacha tuman (shahar) miqyosida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ishbilarmonlik muhiti holati bo‘yicha monitoring natijalarini, jumladan aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha asoslangan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etadi.
Tuman (shahar)larda tadbirkorlikni rivojlantirish
va ishbilarmonlik muhiti holati indikatorlarini baholash tizimi
|
T/r |
Indikator (ko‘rsatkich)ning nomi |
O‘lchov bir-ligi |
Indikator (ko‘rsatkich)ning hisoblash metodikasi |
Indikatorning sifat bahosi |
Mas'ul organ |
|
1. Tadbirkorlik va raqobat muhitini rivojlantirish indikatorlari |
|||||
|
1.1. |
Tadbirkorlikning yangi sub'yektlarini tashkil etish |
% |
Yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik sub'yektlarining hisobot davrida faoliyat ko‘rsatgan sub'yektlar umumiy sonidagi ulushi |
1 - Past daraja (5% dan kam) 2 - Mo‘'tadil daraja (5% dan 10% gacha) 3 - O‘rtacha daraja (10% dan 15% gacha) 4 - Yuqori daraja (15% dan yuqori) |
Statistika boshqarmasi |
|
1.2. |
Tadbirkorlik sub'yektlarining faolligi |
% |
Faoliyat ko‘rsatmayotgan tadbirkorlik sub'yektlari sonining ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub'yektlari umumiy soniga nisbati |
1 - Salbiy daraja (20% dan yuqori) 2 - O‘rtacha daraja (15% dan 20% gacha) 3 - Mo‘'tadil daraja (10% dan 15% gacha) 4 - Past daraja (10% gacha) |
Statistika boshqarmasi |
|
1.3. |
1000 kishi hisobiga kichik tadbirkorlik (biznes) sub'yektlarining soni |
birlik |
Hisobot davri yakuniga kichik tadbirkorlik (biznes) sub'yektlari sonining hisobot davri yakuniga tuman (shahar) aholi soniga nisbatining 1000 ga ko‘paytmasi |
1 - Past daraja (5 gacha) 2 - Mo‘'tadil daraja (5 dan 15 gacha) 3 - O‘rtacha daraja (15 dan 35 gacha) 4 - Yuqori daraja (35 dan yuqori) |
Statistika boshqarmasi |
|
1.4. |
Kichik tadbirkorlik (biznes)ning aholi bandligidagi ulushi |
% |
Kichik tadbirkorlik (biznes)ning aholi bandligidagi salmog‘i |
1 - Salbiy daraja (70% dan kam) 2 - Mo‘'tadil daraja (70% dan 75% gacha) 3 - O‘rtacha daraja (75% dan 80% gacha) 4 - Yuqori daraja (80% dan yuqori) |
Statistika boshqarmasi |
|
1.5. |
Kichik tadbirkorlik (biznes) eksporti hajmlarining o‘sish sur'ati |
% |
Kichik tadbirkorlik (biznes) eksporti hajmlarining o‘sish sur'ati |
1 - Past daraja (salbiy ko‘rsatkich) 2 - Mo‘'tadil daraja (0% dan 5% gacha) 3 - O‘rtacha daraja (5% dan 10% gacha) 4 - Yuqori daraja (10% dan yuqori) |
Davlat statistika qo‘mitasi |
|
1.6. |
Kichik tadbirkorlik (biznes)da tashkil etilgan ish o‘rinlari ulushi |
% |
Kichik tadbirkorlik (biznes)ni rivojlantirish hisobiga yangi tashkil etilgan ish o‘rinlarining hisobot davrida tashkil etilgan ish o‘rinlari umumiy sonidagi salmog‘i |
1 - Past daraja (25% dan kam) 2 - Mo‘'tadil daraja (25% dan 50% gacha) 3 - O‘rtacha daraja (50% dan 75% gacha) 4 - Yuqori daraja (75% dan yuqori) |
Tuman (shahar) hokimligi |
|
2. Iqtisodiy faollik indikatorlari |
|||||
|
2.1. |
Investitsiya faolligi |
% |
Investitsiyalar umumiy hajmining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati |
1 - Salbiy daraja (salbiy ko‘rsatkich) 2 - Mo‘'tadil daraja (o‘sish 10% gacha) 3 - O‘rtacha daraja (o‘sish 10% dan 15% gacha) 4 - Yuqori daraja (o‘sish 15% dan ortiq) |
Statistika boshqarmasi |
|
2.2. |
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotining o‘sishi |
% |
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati |
1 - Salbiy daraja (salbiy ko‘rsatkich) 2 - Mo‘'tadil daraja (0% dan 5% gacha) 3 - O‘rtacha daraja (5% dan 10% gacha) 4 - Yuqori daraja (10% dan yuqori) |
Statistika boshqarmasi |
|
2.3. |
Aholi jon boshiga xizmatlar hajmining o‘sishi |
% |
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi ko‘rsatilgan xizmatlarning o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati |
1 - Past daraja (5% dan kam) 2 - Mo‘'tadil daraja (5% dan 10% gacha) 3 - O‘rtacha daraja (10% dan 15% gacha) 4 - Yuqori daraja (15% dan yuqori) |
Statistika boshqarmasi |
|
2.4. |
Aholi jon boshiga iste'mol tovarlarining o‘sishi |
% |
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarilgan iste'mol tovarlarining o‘sish sur'ati |
1 - Past daraja (o‘sish 4% dan kam) 2 - Mo‘'tadil daraja (o‘sish 4% dan 8% gacha) 3 - O‘rtacha daraja (o‘sish 8% dan 12% gacha) 4 - Yuqori daraja (o‘sish 12% dan yuqori) |
Statistika boshqarmasi |
|
2.5. |
Hududiy dasturlarda ko‘zda tutilgan loyihalarning amalga oshirilishi |
% |
Hududiy dasturlarga kiritilgan loyihalar bo‘yicha hisobot davrida o‘zlashtirilgan investitsiyalarning prognoz ko‘rsatkichlariga nisbati |
1 - Salbiy daraja (100% dan kam) 2 - Mo‘'tadil daraja (100% dan 105% gacha) 3 - O‘rtacha daraja (105% dan 110% gacha) 4 - Yuqori daraja (110% dan yuqori) |
Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi, statistika boshqarmasi |
|
3. Tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash indikatorlari |
|||||
|
3.1. |
Tadbirkorlikni mahalliy davlat organlari tomonidan qo‘llab-quvvatlash darajasi |
% |
Bosh vazir qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarning hisobot davrida ijobiy hal etilganlari ulushi |
1 - Salbiy daraja (80% dan kam) 2 - Mo‘'tadil daraja (80% dan 85% gacha) 3 - O‘rtacha daraja (85% dan 90% gacha) 4 - Yuqori daraja (90% dan yuqori) |
Bosh vazir qabulxonalari |
|
3.2. |
Kichik tadbirkorlik (biznes)ning mikromoliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojining qondirilishi |
% |
Kichik tadbirkorlik (biznes) sub'yektlariga kredit tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati |
1 - Past daraja (o‘sish 5% dan kam) 2 - Mo‘'tadil daraja (5% dan 10% gacha) 3 - O‘rtacha daraja (10% dan 15% gacha) 4 - Yuqori daraja (15% dan yuqori) |
Markaziy bankning hududiy boshqarmalari |
|
3.3. |
Erkin iqtisodiy zonalarning rivojlanish va infratuzilmaga ulanish darajasi, shuningdek ularda amalga oshirilayotgan loyihalar soni va sifati |
% |
Erkin iqtisodiy zonaning infratuzilma tarmoqlari bilan ta'minlanish darajasi, ishlab chiqarish maydonlarining qamrovi va eksportbop loyihalarning ulushi |
1 - Past daraja (30% dan kam) 2 - Mo‘'tadil daraja (30% dan 50% gacha) 3 - O‘rtacha daraja (50% dan 80% gacha) 4 - Yuqori daraja (80% dan yuqori) |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hududiy boshqarmalari, Erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari |
|
3.3. |
Kichik sanoat zonalarning rivojlanish va infratuzilmaga ulanish darajasi, shuningdek ularda amalga oshirilayotgan loyihalar soni va sifati |
% |
Kichik sanoat zonasining infratuzilma tarmoqlari bilan ta'minlanish darajasi, ishlab chiqarish maydonlarining qamrovi va import o‘rnini bosuvchi loyihalarning ulushi |
1 - Past daraja (30% dan kam) 2 - Mo‘'tadil daraja (30% dan 50% gacha) 3 - O‘rtacha daraja (50% dan 80% gacha) 4 - Yuqori daraja (80% dan yuqori) |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hududiy boshqarmalari, Kichik sanoat zonalar direksiyalari |
Tuman (shahar)larda ishbilarmonlik muhiti holatini har chorakda so‘rov asosida baholash tizimi
|
T/r |
Subindekslar |
Baho |
|
|
Soliq muhiti holatining indeksi |
|
|
|
Soliq hisobotlarini hisoblash va topshirish shartlarining murakkabligi |
|
|
|
Soliq hisobotlarini topshirish tartib-tamoyillarining qulayligi |
|
|
|
Soliq organlari va ular huzuridagi xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan amaliy va uslubiy ko‘mak darajasi |
|
|
|
Soliq organlari tomonidan soliqqa tortishdagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida ma'lum qilish va uning sifati darajasi |
|
|
|
Soliq hisobotlarini Internet orqali topshirish sharoitlarining mavjudligi |
|
|
|
Investorlar uchun soliq imtyozlari va preferensiyalardan foydalanish holati |
|
|
|
Moliyaviy muhit holatining indeksi |
|
|
|
Bank muassasalarida hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibining qulayligi |
|
|
|
Kredit olishda zaruriy miqdordagi likvid ta'minotni izlash va taqdim etish murakkabligi darajasi |
|
|
|
Kredit olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish muddatlarining davomiyligi |
|
|
|
Interaktiv bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati darajasi |
|
|
|
Institutsional muhit holatining indeksi |
|
|
|
Vakolatli organlarda ruxsatnomalar olishning rasmiy xarajatlari va murakkabligi darajasi |
|
|
|
Vakolatli organlarda ruxsatnomalar olishning muddatlari |
|
|
|
Korxona (biznes) uchun yer olish imkoniyatlari, jumladan EIZ va KSZlarda |
|
|
|
Kadastr va arxitektura organlarida xujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari va murakkabligi darajasi |
|
|
|
Bo‘sh turgan bino va inshootlardan foydalanish imkoniyatlari, jumladan EIZ va KSZlarda |
|
|
|
Moddiy resurslar va infratuzilmadan foydalanish indeksi |
|
|
|
Mahalliy xomashyo, materiallar va butlovchi qismlardan foydalanish darajasi |
|
|
|
Ishlab chiqarish uchun elektr quvvati yetkazib berish barqarorligi darajasi |
|
|
|
Ishlab chiqarish uchun suv yetkazib berish barqarorligi darajasi |
|
|
|
Tabiiy gaz yetkazib berish barqarorligi darajasi |
|
|
|
Yoqilg‘i-moylash mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari |
|
|
|
Internet, telefon aloqasi va shu kabilar bilan ta'minlanganlik darajasi |
|
|
|
Mahalliy (ichki) avtomobil yo‘llarining sifati |
|
|
|
Konsalting, marketing, lizing xizmatlarini ko‘rsatuvchi infratuzilma holati |
|
|
|
Bank xizmatlari va mikrokreditlash tizimlari infratuzilmasi mavjudligi |
|
|
|
Ishbilarmonlik muhiti holatining yig‘ma (iintegral) indeksi |
|
Mavzuga oid
09:03 / 28.05.2026
Hukumat nazorat-kassa tizimi bo‘yicha yangi o‘zgartishlar tayyorlamoqda
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025