Jahon | 01:05 / 21.10.2019
11366
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh harbiy kemalari jangovar lazer bilan qurollantiriladi

AQSh harbiy kemalari jangovar lazer bilan qurollana boshlaydi. The Drive nashrining xabar berishicha, Northrop Grumman kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan lazer quvvati 150 kVtni tashkil qiladi. U USS Portland desant kemasiga o‘rnatiladi.

Foto: www.navy.mil

Shu munosabat bila Solid State Laser (SSL-TM) deb nomlangan qurilma San-Diyegodagi bazaga yetkazilgan. Qurol 3 kmgacha masofadagi kichik jangovar katerlar va dronlarni yo‘q qila oladi. 

Yangi qurol desant kemasida dengiz sinovidan o‘tkaziladi. 

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda H-60 vertolyotini ham lazer bilan qurollantirish rejasi mavjud.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid