Jahon | 09:33 / 21.10.2019
11574
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng qadimgi marvarid Abu-Dabida namoyish qilinadi

Foto: AFP

Dunyodagi eng qadimgi marvarid BAA Luvr muzeyida o‘tadigan “Hashamatning o‘n ming yili” ko‘rgazmasida namoyish qilinadi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar berdi. 

Diametri 2,5 mmni tashkil qiluvchi va 8 ming yillik mitti marvarid ilk bor keng omma ixtiyoriga 30 oktyabrdan 18 fevralgacha havola qilinadi.   

Marvarid Marava orolida topilgan va shayx Zoid milliy muzeyi kolleksiyasiga kiradi.

Abu-Dabi Luvri 2017 yilda ochilgan va BAAdagi birinchi universal badiiy muzey hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid