Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isitish radiatorlarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi
458 million so‘mlik isitish radiatorlarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish oldi olindi.
Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarini yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.
Jumladan, ''Olot'' chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan “Mersedes-Bens” yuk avtotransporti bojxonachilar tomonidan tegishli tartibda ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, avtomashinadagi yuklar bilan ularga tegishli kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan malumotlarda o‘zaro nomuvofiqlik mavjudligi malum bo‘ldi.
Tekshiruv jarayonida yuk kuzatuv xujjatlarida qayd etilgan keramik plitkalardan tashqari, avtomashinada umumiy qiymati 458,39 million so‘mlik uy isitish uchun mo‘ljallangan radiatorlar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025