Fan-texnika | 16:20 / 23.10.2019
8847
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat texnika universitetida 40ta quyosh paneli o‘rnatildi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va “CHINT Electric” O‘zbek-Xitoy qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda Toshkent davlat texnika universiteti hududiga 10 kVa/soat quvvatiga ega 40 ta quyosh paneli o‘rnatildi.

Loyiha doirasida universitetning Energetika fakulteti talabalari va o‘qituvchilari uchun “Elektr uskunalarini tekshirish va nazorat qilishni innovatsion boshqarish o‘quv-laboratoriya xonasi” ham to‘liq jihozlab berildi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.

Zamonaviy jihozlangan laboratoriyada talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari va ixtirolarini sinovdan o‘tkazish, elektr uskunalarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa elektrotexnika sanoati sohasida kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yaxshilanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Mavzuga oid