Jahon | 08:55 / 24.10.2019
4516
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Turkiya mudofaa va energetika vazirliklaridan sanksiyalarni olib tashladi

Foto: Emrah Gurel /AP

Cheklovlar mudofaa va energetika vazirliklari hamda mudofaa vaziri Xulus Akar, energetika vaziri Fotih Do‘nmas va ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘yludan olib tashlangan.

Turkiya vazirliklari va amaldorlari Anqara Suriyada “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasini boshlaganidan so‘ng sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgandi.  

Operatsiya boshlangan kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anga maktub yozib, operatsiya to‘xtatilmaydigan bo‘lsa, Turkiya iqtisodiyotini sanksiyalar orqali yakson qilib tashlashini yozgandi.

22 oktabr kuni Turkiya prezidenti “Tinchik bulog‘i” operatsiyasi to‘xtatilishini ma'lum qilganidan so‘ng Tramp sanksiyalarni olib tashlashga va'da berdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid