Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada diktator Frankoning jasadi qayta ko‘mildi
Ispaniyaning sobiq rahbari, diktator Fransisko Frankoning (1892-1975) jasadi Madriddagi Mingorrubio qabristonida qayta ko‘mildi.
Dafn marosimida Frankoning 22 nafar yaqinigina ishtirok etgan. Avvalroq mutaxassislar Madrid yaqinidagi “Urush qurbonlari vodiysi” majmuasida dafn qilingan Frankoning jasadini eksgumatsiya qilishgan. 44 yil avval diktator dafn etilgan tobutni tashqariga chiqarish uchun qabrning ustidagi 1,5 tonnalik granit plitani ko‘tarishga to‘g‘ri kelgan.
Jasad qabristonga vertolyotda yetkazilgan. Frankoning yangi qabri 1998 yilda rafiqasi Karmen Polo dafn qilingan sag‘anada joylashgan.
Hokimiyat tepasiga 2018 yilda kelgan sotsialistlar hukumati jasadni eksgumatsiya qilish taklifini ma'qullagan edi. Frankoning qarindoshlari bunga qarshi apellyatsiya bergan, ammo oliy sud ularning da'vosini qanoatlantirmagan.
Diktatorning qabri fuqarolar urushida halok bo‘lgan 10 minglab kishilar dafn etilgan “Urush qurbonlari vodiysi” nomli ulkan qabristonda joylashgan. Madrid yaqinidagi bu mozorni ko‘pchilik fashizmning g‘alabasiga atalgan yodgorlik, deb hisoblaydi va u ultra o‘ng qarashga ega kishilar uchun o‘ziga xos «ziyoratgoh»ga aylangan. Bundan tashqari, Franko jangda halok bo‘lmay, o‘z ajali bilan vafot etgan.
Franko hokimiyatga 1936-1939 yillardagi fuqarolik urushi natijalariga ko‘ra kelgan. U mamlakatni 1939 yildan vafot etgunga qadar – 1975 yilgacha boshqargan. Uning vafotidan keyin mamlakatda monarxiya tiklangan.
Frankoning o‘limidan keyin Ispaniyadagi siyosiy kuchlar Franko davrini o‘tmishga aylantirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Mavzuga oid
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026