O‘zbekiston | 23:38 / 24.10.2019
20017
4 daqiqa o‘qiladi

O‘nlab markaziy davlat organlarining matbuot kotiblari ro‘yxati ochiqlandi (2-qism)

So‘nggi haftalar davomida yuzga yaqin markaziy davlat tashkilotlari va idoralari rahbarlariga matbuot kotiblari tayinlandi.

AOKA tavsiyasi bilan lavozimga tayinlangan ushbu kadrlar bir vaqtning o‘zida rahbarning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi ham sanaladi.

Kun.uz markaziy davlat hokimiyati organlarining matbuot xizmatlari rahbarlarini tanishtirishda davom etadi. Navbat – davlat qo‘mitalari, agentliklar hamda hukumat huzuridagi markaz va inspeksiyalarga.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita – Marupov Ilhom Islomovich
Davlat statistika qo‘mitasi – Abdurasulov Usmon Rustamovich
Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi – Raxmanbayeva Lola Samigdjanovna
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi – Ashurov Otabek Anvarovich
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat ko‘mitasi – Suyunov Anvar Ibrohim o‘g‘li
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi – Xasanova Manzura Sodiqjonovna
Davlat bojxona qo‘mitasi – Calomov Nurbek Normurodovich
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi – Atamuratov Ne'matjon Axmedjanovich
Milliy olimpiya qo‘mitasi – Imomxo‘jayev Zafar Axbarovich
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi – Toshxodjayev Xasan Djavlyanovich
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi – Axmedova Ziyoda Kamunalovna
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi – Mirzayeva Irina Mirdjalilovna
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi – Shukurov G‘ayratulla Samikovich
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi – Boboyev Orziqul Mirzayevich
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi – Bilolova Zamira Baxtiyarovna
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi – Bo‘ranov Laziz Olimovich
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi – Bekova Komila Nigmandjanovna
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi – Yusupov Zohir O‘zbekovich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – Ibodov Mumin Mamurjanovich
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi – Zakirova Sevara Muradovna
“O‘zbekkino” Milliy agentligi – Ungboyeva Barno O‘rozovna
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi – Begmatova Qizlarxon Shavkatovna
Transport vazirligi huzuridagi “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi – Xayriddinov Firdavs Nizomiddinovich
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zneftgazinspeksiya” – Djurayev Otabek Axralovich
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi – Madraximova Feruza Ruzimbayevna

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin vazirlarga tayinlangan matbuot kotiblari ro‘yxati e'lon qilingan edi.

Mavzuga oid