Özbekiston prezidenti 14 iyul kuni «Davlat boşqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida» farmon imzoladi.
Farmonga asosan, Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tugatildi. Uning örnida Milliy kontent işlab çiqaruvçi markaz taşkil etilmoqda.
Farmonga asosan, şuningdek:
- AOKA huzuridagi Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça markaz Administratsiya böysunuviga ötkazildi;
- Narkotiklarni nazorat qiliş milliy markazi negizida Narkotiklar va öqotar qurollarni nazorat qiliş agentligi taşkil etildi;
- Administratsiya Matbuot xizmati media-markazi negizida Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazi taşkil etildi;
- Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi negizida Boşqaruv samaradorligi agentligi taşkil etildi;
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi Administratsiya böysunuviga ötkazildi.
Bundan taşqari, 2025 yil 1 sentabrgaça quyidagilarga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari işlab çiqiladi:
- byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş, takrorlanuvçi nazorat funksiyalarini bekor qiliş, qaror qabul qilişda şaffoflik va oçiqlikni ta’minlaşga qaratilgan respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini oşiriş;
- hududlarni kompleks rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va daromadlarini oşiriş borasida mahalliy hokimliklar iqtisodiy, ma’muriy va moliyaviy vakolatlarini yanada kengaytiriş.








