Prezidentning «Davlat boşqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga köra, endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlar tavsiyalari asosida işlab çiqiladi.
Muhim yönalişlar loyiha ofislari orqali amalga oşiriladi. Administratsiya faoliyatida komplayens tizimi yölga qöyiladi. Bu esa şaffoflikni ta’minlaş, ijro intizomini mustahkamlaş va korrupsiya holatlarining oldini olişga xizmat qiladi.
Ayrim yönalişlarda Prezident vakillari lavozimlari joriy etildi. Şuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent işlab çiqaruvçi markaz taşkil etilmoqda.
Davlat idoralarining jamoatçilik oldidagi hisobdorligi oşirilmoqda. Matbuot kotiblari instituti yanada mustahkamlanadi, aholi bilan kommunikatsiya qiliş va ommaviy axborot vositalari bilan işlaşning yangi tizimi joriy etilmoqda.
Şuningdek, farmon bilan vazirlik va idoralarning qaror qabul qilişdagi mustaqilligi oşiriladi. Bu bilan boğliq byurokratik jarayonlar qisqaradi, ular proaktiv faoliyat yuritişi uçun imkoniyatlar kengaytiriladi.
Hukumat qarorlari, idoraviy hujjatlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari bilan tartibga solinadigan masalalar röyxati belgilanadi.
Endilikda idoralar özlariga tegişli sohani mustaqil tartibga soliş vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qila oladi.
Idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazişda qayta işlaş (tahrirlaş) imkoniyati yaratiladi. Idoraviy hujjatlarni xalqaro standartlarga moslaştiriş jarayonida ularga huquqiy normalarni kiritişga ruxsat etiladi.
Avvalroq uşbu farmon bilan Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar örinbosar lavozimi joriy etilgandi.








