Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Innovatsion rivojlaniş va axborot texnologiyalari masalalari qömitasida onlayn platformalar foydalanuvçilari huquqlari, sohada yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlar, zamonaviy çaqiriqlar muhokamasiga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda iştirok etgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakillari tomonidan qator davlat va jamoat taşkilotlari, media sohasi ekspertlari iştirokida sohani tartibga soluvçi töğridan töğri amal qiladigan yaxlit qonun loyihasi işlab çiqilgani ma’lum qilindi.
Bildirilişiça, loyihaning maqsadi – fuqarolarning onlayn platformalar va veb-saytlardan foydalaniş sohasidagi huquqlarini qonun darajasida belgilaş, ularni yolğon axborot, nafrat uyğotuvçi, zöravonlik va şafqatsizlikni tarğib qiluvçi noqonuniy kontentlardan himoya qilişdan iborat.
Unda onlayn platformalar sohasidagi amaldagi qonunçilik sezilarli liberallaştirilib, tartibga solişdagi mavjud böşliqlarni bartaraf etişga qaratilgan qator normalar nazarda tutilgan bölib, ularning qabul qilinişi:
- onlayn platformalar foydalanuvçilari huquqlarini qonun darajasida mustahkamlaş;
- Internet tarmoğida axborot tarqatiş tartiblari borasida huquqiy aniqlik va izçillikni ta’minlaş;
- onlayn platformalar va veb-sayt egalari uçun Özbekistonda faoliyat yuritişning aniq şartlarini belgilaş, ularning biznes modellari uçun şart-şaroitlarni aniq prognozlaş imkoniyatini yaratiş;
- axborot sohasi iştirokçilari, jumladan, onlayn platformalar, blogerlar, inflyuyenserlar hamda sohani tartibga soluvçi davlat organlari örtasida özaro muloqot va konstruktiv hamkorlik uçun huquqiy asoslarni takomillaştiriş;
- internetdan foydalaniş xavfsizligi darajasini oşiriş, bolalar soğligiga xavf soluvçi axborotlardan himoya qiliş böyiça aniq mexanizmlarni yaratiş;
- foydalanuvçilar öz şa’n va qadr-qimmatini kamsituvçi ma’lumotlardan himoyalaniş borasida huquqiy kafolatlarga va zarur hollarda vakolatli organning kömagidan foydalaniş imkoniyatini yaratadi.
Ma’lum qilinişiça, qonun loyihasida inflyuyenser va blogerlar mas’uliyati ajratilib, blogerlar majburiyatlari sezilarli yengillaştirilmoqda.
Davra suhbatida loyiha bilan kiritilayotgan yangi huquqiy institutlar batafsil körib çiqildi va uni jamoatçilik muhokamasi qöyiş töğrisida xulosaga kelindi.













