O‘zbekiston | 19:42 / 25.10.2019
8148
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 2030 yilgacha «yashil» iqtisodiyotga o‘tishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari Botir Usmonov Nukus shahrida o‘tayotgan «Orolbo‘yi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyasi hududi» xalqaro konferensiyasida O‘zbekistonning 2019-2030 yillarda «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi haqida ma'lumot berdi.

«Ekologiya xavfsizligini ta'minlash – «yashil» iqtisodiyotning muhim qismi hisoblanadi. Bu Orolbo‘yi mintaqasida juda ahamiyatli. So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish va atrof muhit muhofazasida muvozanat bo‘lishiga intilmoqda. Bu ekologik toza, energiya, suv va boshqa tabiiy resurslarni iqtisod qiladigan texnologiyalarni joriy qilishda o‘z aksini topyapti.

Hozirgi kunda 60 mln aholiga ega Markaziy Osiyodagi eng katta muammolardan biri – Orolning qurishi hisoblanadi. Bu hududning barqaror ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishi, aholining salomatligi uchun xavf solmoqda. 

Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlash uchun atrof muhit muhofazasi muhim omillardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Orolbo‘yi hududida bir necha katta loyihalarni bajardi: Orol dengizining qurib qolgan hududida, umumiy maydoni 700 ming gektar yerda bir necha 10 ming o‘simliklar ekildi. Orolbo‘yi muammosining salbiy oqibatlarini pasaytirish maqsadida 500dan ortiq loyihalar amalga oshirildi. Shuningdek, 2018-2021 yillarda Orolbo‘yi hududini rivojlantirish bo‘yicha dastur qabul qilindi.

O‘zbekistonda 2019-2030 yillarda «yashil» iqtisodiyotga o‘tish konsepsiyasi bor. U quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:

-  Suv ta'minoti xarajatlarini pasaytirish, suvdan foydlanish samaradorligini oshirish;
-  Aholi va iqtisodiyot sohalarini ishonchli va arzon energota'minotga o‘tishini ta'minlash;
-  Havoga chiqarilayotgan issiqxona gazlarini 2010 yilgi YaMM darajasidan 10 foizga qisqartirish;
-  Sanoat korxonalari infratuzilmasini modernizatsiya qilish;
-  Energiyaning muqobil manbalaridan foydalanish;
-  Energosamaradorlikni kamida 20 foizga oshirish.

Mavzuga oid