Jamiyat | 19:34 / 25.10.2019
8844
7 daqiqa o‘qiladi

«SIMMA HOTEL» -barcha mehmonlar ko‘ngli to‘ladigan maskan

Har qanday sayyoh borki safarga otlanarkan, birinchi navbatda madaniy meros obektlari, qadimiy va zamonaviy ko‘rkam maskanlar soni, inshootlarning masofa jihatidan yaqinligi, yashash uchun qulay va shinam sharoit, kasbiy faoliyati yuzasidan barcha imkoniyatlarning muhayyo qilinganligi, transport, taomlanish va sog‘lomlashtirish borasida zarur talablarga javob beradigan maskanni izlaydi va o‘sha yerda qo‘nim topishni ko‘zlaydi.

Poytaxtimizda faoliyatini boshlagan «Simma Hotel SPA & Water Park» mehmonxonasini ana shunday maskanlar sirasiga kiritish mumkin.

Boisi mazkur mehmonxona poytaxt Toshkentning eng bahavo joyida joylashganligi bilan birga Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti, mahalliy “Toshkent 3” terminali hamda “Janubiy temir yo‘l vokzali”ga yaqin hududda joylashgan. Bu esa qadim O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi har qaysi sayyoh va biznesmenlar uchun juda qulay hisoblanadi.

«Simma Hotel SPA & Water Park» mehmonxonasiga tashrif buyuruvchilar ham ana shu imkoniyatlardan to‘liq foydalangan holda, sirli va betakror O‘zbekistonning tarixiy maskanlariga sayohat uyushtirishlari, milliy urf-odat va an'analar bilan yaqindan tanishishlari, salomatliklarini tiklashlari, ruhiy va madaniy hordiq olishlari hamda hamkorlari bilan tadbirkorlik uchrashuvlarini amalga oshirishlari mumkin.

 «Simma Hotel SPA & Water Park» mehmonxonasi o‘z mijozlariga eng qulay va samarali tarzda aeroportdan kutib olish va kuzatib qo‘yish, bepul Wi-Fi, bepul avtoturargoh, konferens-zallar, kun-u tun xizmat ko‘rsatuvchi restoran va bar, kun-u tun xonalarga xizmat ko‘rsatish, lobbi-bar, fotosessiya uchun manzarali maskanlar, yuklarni saqlash, kimyoviy tozalash va kir yuvish xizmatlari, valuta ayirboshlash, bankomat xizmatlarini taklif kiladi.

Shu bilan bir qatorda mehmonlarning ish va sayohatdan keyin maroqli hordiq chiqarishlari uchun yopiq akvapark, turk hammomi, fin saunasi, SPA-muolajalari, karaoke, bilyard, kinozal, stol tennisi kabi qulayliklar ham muhayyo.

«Simma Hotel Spa & Water Park» mehmonxonasi tomonidan mijozlar xohishiga qarab Standard, Deluxe, Lux, Executive, Studio, Superior Suite, Grand Suite va Royal Suite turdagi xonalar taklif etiladi. Bu kabi xonalar soni 118 ta bo‘lib, ular o‘zining nafisligi, bejirimligi va Yevropa uslubida bezatilganligi bilan ajralib turadi.

Har bir xona qulay va ko‘rkam mebel jihozlari, keng dushxona, sputnik televideniyesi, konditsioner, bepul Wi-Fi, telefon, soch quritgich, seyf, mini-bar, muzlatgich va hammom kosmetikasi to‘plami bilan jihozlangan.

ReSTORAN

 «Suzane» restorani – bu bejirimlik bilan bir qatorda shinamlik, rang-baranglik hamda nafislik majmuidir. Bu maskan mijozlarni hayratda qoldirishi shubhasiz!
Yangi yilda hamkasblar davrasida bayramni nishonlash uchun eng yaxshi tanlovlardan biri bu, albatta, «Suzane» restoranidir.

«Suzane» - bu maroqli nonushta qilish, xushbo‘y qahvadan bahramand bo‘lish, mazali tushlikdan tatib ko‘rish hamda shirinso‘z xodimlarning samimiy xizmati qurshovida oqshomni betakror o‘tkazish uchun betakror maskandir. Restoran birinchi qavatda joylashgan bo‘lib, 100 kishiga mo‘ljallangan o‘rindiqlardan iborat. Tug‘ilgan kun, banket va marosim uchun ayni  muddaodir.

Oilaviy bayramlar, do‘stona o‘tirishlar, romantik uchrashuv yoki korporativ tadbirlar – bularning barchasi Siz uchun a'lo darajada tashkillashtirib beriladi!

Restoranda milliy, Yevropa hamda Sharq oshxonalarining eng mashhur, mazali va sevimli taomlaridan tatib ko‘rishingiz mumkin.

Malakali barmenlar har bir taomning ta'mini yanada totli qila oladigan ichimliklarni tanlashda beminnat tavsiyalar beradi.

 «Suzane» restorani xodimlari mamnuniyat bilan orzuingizdagi bayramni tashkillashtirib berishga qodir, zero ajoyib xotiralar mijozlarga bu yerga yana qaytib kelish istagini tuhfa etishi shubhasiz!

Hamkasblar va oila a'zolari davrasida bayram nishonlash uchun yaxshi tanlovlardan biri bu albatta «Suzane» restoranidir.

SPA & Health Club

Serenity

Zamonaviy dizayn va did bilan jihozlangan majmuada mijozlar o‘z vaqtlarini maroqli hamda mazmunli o‘tkazishlari mumkin.

Mehmonxona binosida joylashgan hamda eng so‘nggi turdagi trenajyorlar bilan jihozlangan sportzalda o‘tkaziladigan og‘ir biroq maroqli mashqlardan so‘ng ushbu maskandagi cho‘milish havzasida charchoq chiqarish imkoniyati mavjud. Yopiq suv havzasi hamda sog‘lomlashtiruvchi massaj barchaga xush yoqishi tabiiy.

Mijozlar istalgan paytda malakali sport murabbiylari mijoz imkoniyatidan kelib chiqib individual mashqlar dasturi hamda ovqatlanish ratsionini tavsiya etadilar.

Shuningdek, yopiq akvapark hududida shinam kiyinish xonalari, xavfsiz texnologiyalar bilan jihozlangan javonlar, ozoda cho‘milish xonalari, zamonaviy isitish-sovutish tizimi, fitnes-bar va ko‘plab aksessuarlar mavjud.

Respublikamizning turli hududlaridan hamyurtlarimiz kelib qishin-yozin mo‘tadil haroratda tanni yayratadigan akvaparkda cho‘milib, mehmonxonamizda hordiq chiqarib ketayotganlari biz uchun quvonarli bo‘lmoqda.

Respublikamizning turli hududlaridan hamyurlarimiz oila a'zolari bilan kelib, qishin-yozin mo‘'tadil haroratda tanni yayratadigan akvaparkda cho‘milib, mehmonxonamizda hordiq chiqarib ketayotganliklari biz uchun quvonarli bo‘lmoqda.

ANJUMANLAR ZALI

«Simma Hotel Spa & Water Park» mehmonxonasida treninglar, seminarlar va konferensiyalarni o‘tkazishga mo‘ljallangan 3 ta anjumanlar zali mavjud. Ular o‘zida 150 nafargacha ishtirokchini sig‘dira oladi. Anjumanlar zali zamonaviy ovoz apparaturalari hamda vizual asbob-uskunalar bilan jihozlangan.

«Simma Hotel Spa & Water Park» mehmonxonasining ahil jamoasi har qanday murakkab anjumanlarni tashkillashtirib berish imkoniga ega. Sifatli yorug‘lik ta'minoti, shinam mebellar, zalning qulay joylashuvi anjumanning maksimal darajada yoqimli hamda benuqson o‘tishiga xizmat qiladi.

 

Biz o‘z mehmonlarimiz uchun eng yaxshisini ilinamiz!
Biz Sizni mehmonxonamizning doimiy mehmonlari qatorida ko‘rishga umid qilamiz!
Hurmat va ehtirom ila
«Simma Hotel SPA & Water Park»
jamoasi

Manzil: Toshkent, Sergeli 5 A, Halqa yo‘li.

Telefonlar: 71 207 29 99, 99 404 44 44

Sayt: simma.uz

Facebook: simmahotel

VKontakte: simma hotel

Instagram: simmahotel

Telegram : @simmahotel

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid