Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda politsiyadan 40 yil yashirinib yurgan qotil qo‘lga tushdi
AQShda odil sudlovdan 40 yilga yaqin yashirinib yurgan jinoyatchi Uolter Jyeyms Meyson qo‘lga olindi.
Meyson 1980 yilda Aydaxo shtatida sodir etgan hujumi uchun qidirilgan. O‘shanda u barni tunashi vaqtida 3 kishi jabrlangan. U bir ayolning yuziga to‘mtoq buyum bilan zarba bergan, boshqa bir kishini to‘pponcha bilan yelkasiga urgan, yana bir kishini boshiga o‘q uzib o‘ldirgan.
O‘shanda Meyson 47 yoshda bo‘lgan. Uni FQB, okrug sherifi va shtatning baliqchilik va ovchilik xo‘jaligi departamenti qidirganiga qaramay, u yashirinishga muvaffaq bo‘lgan va shundan keyin joriy oktyabrgacha qadar uni hech kim uchratmagan.
39 yildan keyin Meyson Texas shtatida topilgan. U o‘zini Uolter Jyeyms Ellison sifatida tanishtirgan, biroq uning shaxsi barmoq izlari yordamida tasdiqlangan. Hozirda 86 yoshda bo‘lgan erkak o‘z aybini tan olishdan bosh tortgan. Ayni vaqtda jinoyatchi Aydaxoga yetkazilib, u yerda qotillik ayblovi bo‘yicha sud oldida javob berishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026