Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShni ochiq osmon bo‘yicha shartnomadan chiqarmoqchi
Shartnoma qatnashchilari harbiy faoliyatni nazorat qilish maqsadida bir-birlarining hududlari ustida parvozlar amalga oshirishi mumkin.
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning ochiq osmon bo‘yicha shartnomadan chiqib ketishini ma'lum qiladigan hujjatni imzoladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, shu bilan birga, bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan va munozaralar davom etmoqda.
Ochiq osmon bo‘yicha shartnoma (The Treaty on Open Skies) 1992 yil 24 martda imzolangan bo‘lib, hozirda 34 davlat ushbu shartnoma ishtirokchisi hisoblanadi.
Shartnoma qatnashchilari harbiy faoliyatni nazorat qilish maqsadida bir-birlarining hududlari ustida parvozlar amalga oshirishi mumkin.
Mavzuga oid
09:35 / 16.01.2026
Tramp G‘azo sektorida “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qildi
08:38 / 01.12.2025
Tramp urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imkoniyatini “yaxshi” deb baholadi
10:40 / 25.11.2025
Livitt: Ukraina bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, lekin prezidentlar bu hafta uchrashmaydi
08:53 / 07.11.2025