Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General-mayor Bahodir Qurbonov Ozarboyjonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi harbiy delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a'zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ozarboyjonga jo‘nab ketdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, tashrif davomida O‘zbekiston va Ozarboyjon mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv davomida harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarboyjon Mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasining loyihasi ham imzolanishi kutilmoqda.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a'zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi ertaga, 30 oktabr kuni, Boku shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etadi.
Mudofaa vazirlari kengashining bundan oldingi yig‘ilishiga O‘zbekiston mezbonlik qilgan edi.
Mavzuga oid
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:22 / 05.06.2026
Qaysi davlatlar mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ ajratyapti?
22:08 / 18.05.2026