Jahon | 22:10 / 29.10.2019
8109
1 daqiqa o‘qiladi

IShID e'tiborini kiberhujumlarga qaratayotganligi ma'lum qilindi

IShID terrorchilik guruhi virtual makonga o‘tmoqda, u "xalifalik kiberqalqoni"ni yaratdi, deb ma'lum qildi Iordaniya qirollik sudi huzuridagi milliy siyosat bo‘yicha kengash direktori Muhammad Hasaune.

"IShID yerda ilgarigidek harakat qila olmaydi va bor e'tiborini kibermakonga qaratmoqda. U boshqa davlatlarga kiberhujumlar uyushtirish uchun "xalifalik kiberqalqoni" deb nomlanuvchi kiberqurol yaratdi", - dedi Hasaune.

Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID hozirda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib "virtual xalifalik" yaratmoqchi. 

U guruh a'zolari keyingi to‘rt-besh oyda ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa Twitter orqali o‘z videorolik va targ‘ibotlarini tarqatayotganligini ta'kidladi.

Mavzuga oid