Jahon | 11:04 / 30.10.2019
5270
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh kongressi quyi palatasi Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishini ma'qulladi

Foto: AP Photo/J. Scott Applewhite

AQSh kongressi quyi palatasi Turkiyaning Suriyadagi harbiy amaliyoti va Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olgani bilan bog‘liq holda Anqaraga qarshi sanksiyalar kiritilishi haqidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Qonun loyihasini 403 deputat qo‘llab-quvvatlagan, 16 deputat unga qarshi chiqqan. U Turkiyaning yuqori lavozimli shaxslariga, jumladan mudofaa vaziriga qarshi sanksiyalar kiritilishi va Halk Bankasi turk bankiga qarshi choralar qo‘llanishi va aktivlari bloklanishini ko‘zda tutadi.

Bundan tashqari, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an oilasining AQShdagi aktivlari bo‘yicha qaror qabul qilish uchun ular haqidagi ma'lumotlarni ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan. Qonun loyihasi kuchga kirishi uchun senatda u bo‘yicha ovoz berilishi va AQSh prezidenti tomonidan imzolanishi lozim.    
 
Turkiya tashqi ishlar vazirligi qonun loyihasining qabul qilinishiga izoh berib, uning “NATO ruhiga va AQSh hamda Turkiyaning Suriya bo‘yicha kelishuviga zidligi” aytilgan. Turkiya hukumati kongressmenlarni “ikki tomonlama munosabatlar masalalaridan ichki siyosiy maqsadlarda foydalanmaslik”ka chaqirgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid