Li Ketsyan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Shu yerning o‘zida rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi. Yuqori martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.
Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar so‘ngida qator hujjatlar imzolandi.
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan 2 noyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumatlar rahbarlari (Bosh vazirlari) kengashining 18-majlisida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
18:33 / 04.11.2024
Abdulla Aripov Shanxayda Xitoy bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
18:17 / 04.10.2024
Bosh vazir Abdulla Aripov shaxmat federatsiyasiga raislik qiladi
22:17 / 01.10.2024
Abdulla Aripov Yerevanda Eron birinchi vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
00:57 / 10.09.2024