Shavkat Mirziyoyev Li Ketsyanni qabul qildi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan, shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining 18-majlisida ishtirok etish uchun kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyanni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlab, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganiga katta mamnuniyat bildirdi.
Li Ketsyan, o‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidentiga iliq mehmondo‘stlik uchun samimiy minnatdorlik bildirdi hamda XXR Raisi Si Tszinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining samarali muzokaralari konstruktiv siyosiy muloqotni kengaytirish va barcha sohalarda ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratgani alohida ta'kidlandi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni so‘zsiz amalga oshirish, ikki tomonlama savdoning jadal o‘sishini ta'minlash, shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari va boshqa sohalarda ustuvor loyihalarni birgalikda ilgari surish zarurligi qayd etildi.
Madaniy-gumanitar yo‘nalishda, avvalo fan, ta'lim, innovatsiyalar va turizm yo‘nalishlaridagi aloqalarni mustahkamlashga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuvda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, iqtisodiyot, investitsiyalar va transport kommunikatsiyalari sohalarida tashkilotga a'zo barcha davlatlar uchun manfaatli bo‘lgan yirik loyihalarni amalga oshirish dolzarb ekani ta'kidlandi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Xitoy mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Mavzuga oid
15:52 / 13.11.2024
O‘zbekistonda Global ekologik fond donorlari yig‘ilishi o‘tkazilishi mumkin
15:29 / 13.11.2024
O‘zbekiston prezidenti Chexiya bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
14:37 / 13.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
13:50 / 13.11.2024