O‘zbekiston | 10:41 / 02.11.2019
4788
1 daqiqa o‘qiladi

ShHT doirasida ayollar kengashi tashkil etilishi mumkin

Foto: Mixail Djaparidze/TASS

Ayni paytda Toshkentda ShHT davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ochib berdi. 

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, tadbir doirasida so‘zga chiqqan Qirg‘iziston hukumati raisi Muhammadqaliy Abilg‘aziyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan kengash tashkilotchiligini yuqori baholadi.

– Bugun biz jahon iqtisodiyoti murakkab davrlarni boshdan kechirayotgan paytda uchrashib turibmiz. Shu bois hamkorlik tashkilotida o‘zaro yaqinlik har qachongidan ham muhim. ShHT kengashlari muntazam kengayib bormoqda. ShHT doirasida maxsus ayollar kengashi tuzish rejasini qo‘llab quvvatlaymiz, – dedi Qirg‘iziston bosh vaziri.

Bundan oldin, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoyning ShHT doirasida xalq diplomatiyasi institutlarini tashkil etish taklifi qabul qilinishini bildirgandi.

Mavzuga oid