Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi
Prezident tomonidan «Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun imzolandi. Bu haqda telegramdagi Huquqiy axborot kanali xabar berdi.
Qonunga muvofiq, bojxona ma'muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, Kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalarini ushbu bojxona rejimi talablariga muvofiq bo‘lmagan tarzda tasarruf etganlik uchun, fuqarolarga eng kam ish haqining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.
Shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalarini tasarruf etganlik uchun fuqarolarga eng kam ish haqining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
01:05 / 16.08.2024
Jizzaxda 55 nafar hokim yordamchisi ma’muriy javobgarlikka tortildi
19:09 / 24.06.2024
Tojikistonda to‘y va dafn marosimlarini o‘tkazish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshirildi
19:07 / 23.05.2024
Qasddan badanga yengil shikast yetkazish ma’muriy huquqbuzarlik toifasiga o‘tkaziladi
11:30 / 18.05.2024