O‘zbekiston | 19:40 / 03.11.2019
4445
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda elektrontexnika mahsulotlarining eksporti hajmi oshiriladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2019–2022 yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Telegramdagi Huquqiy axborot kanali xabar berishicha, mazkur dasturda elektrontexnika mahsulotlari va maishiy elektromahsulotlar ishlab chiqarish hajmini, eksport hajmini hamda elektrotexnika sanoatida mis xomashyosini qayta ishlash hajmlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Shuningdek, qaror bilan ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishni 2,7 baravarga, eksportini 4,3 baravarga va misni qayta ishlashni 5 baravarga ko‘paytirishni ko‘zda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid