«O‘zmilliybank» Bekobod shahridagi «O‘zmetkombinat»ga press-tur tashkil qildi
Joriy yilning 1 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi «O‘zmetkombinat» AJsiga OAV vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi. Press-turning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda ilk bora ferrosilitsiy va ferrosilitsiymarganetsni ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishtirish.
2016 yil 28 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 954-sonli farmoiyshiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Koreyaning eksport-import banki mablag‘lari sindikatini yaratish orqali «O‘zmetkombinat» aksiyadorlik jamiyatida ferrosilitsiyni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida moliyalashtiruvchi bank sifatida tanlab olindi.
Loyiha doirasida bir yilda 15.000 tonna ferrosilitsiy ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Loyihaning umumiy hisobi 36 mln AQSh dollarini tashkil etadi. «O‘zmilliybank» Koreyaning Eksimbanki jalb qilgan sarmoyasi hisobidan 6,48 mln AQSh dollarini moliyalashtirilishi yo‘lga qo‘yildi va ushbu mablag‘lar to‘liq o‘zlashtirildi. Dastur doirasida yetkazib berilgan texnikalar o‘rnatildi va to‘liq jarayonda ish olib bormoqda. Shu bilan birga, mutaxassislarni o‘qitish ham amalga oshirildi. Ferrosilitsiyni ishlab chiqarish obekti 2018 yilning 30 avgustidan ekspulatatsiya tushirildi.
2017 yil 16 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4938-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zmilliybank Koreyaning Eksimbanki jalb qilgan sarmoyasi hisobidan 5,7 mln AQSh dollari ferrosilitsiymarganetsni ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun ajratildi. Loyihaning umumiy summasi 23,8 mln dollarni tashkil etib, ishlab chiqarish hajmi bir yilda 10.000 tonnani tashkil etishi ko‘zda tutilgan. 2018 yilning 7 dekabr kuni obekt to‘liq ekspulatatsiyaga tushirildi. Shuningdek, ikkala mahsulotni ishlab chiqarishda jami 290ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Ferrosilitsiy va ferrosilitsiymarganets qora metallni egiluvchanlik xususiyatini beruvchi mahsulotdir. Prezidentimizning tashabbusi bilan o‘zimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilgan ushbu mahsulotga 10tadan ortiq xorijiy davlatlardan buyurtmalar kelib tushmoqda. Ilgari ferrosilitsiy va ferrosilitsiymarganets xorijdan import qilingan. Mutaxassislarning fikricha, har yili bu mahsulotni sotib olish uchun davlatimiz tomonidan 15 mln AQSh dollari sarflangan. Endilikda u nafaqat ichki bozorni qoplaydi, shuningdek eksport ham qilinadi.
«O‘zmilliybank» Matbuot xizmati
Mavzuga oid
22:21 / 17.10.2024
«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbar tayinlandi
20:07 / 09.01.2024
Investitsiyalar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
10:00 / 24.11.2022
“O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi va “FERRANDI Paris” instituti o‘rtasida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha Hamkorlik kelishuvi imzolandi
13:00 / 07.07.2022