Jahon | 11:15 / 04.11.2019
18657
1 daqiqa o‘qiladi

McDonald's rahbari «ishdagi ishq» sababli o‘z lavozimidan bo‘shatildi

Foto: AP

McDonald's tamaddixonalari tarmog‘i prezidenti va bosh direktori Stiv Isterbruk o‘z qo‘l ostidagi xodimasi bilan ishqiy munosabatlarga kirishgani sababli o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda kompaniyada ma'lum qilindi.

Kompaniya direktorlar kengashi fikricha, 52 yoshli Isterbruk bu bilan kompaniya siyosatini buzgan va teran fikrlay olmasligini namoyish qilgan. Isterbrukning o‘zi ishqiy munosabatlarini xato deb atagan. “Kompaniya tamoyillarini hisobga olib, men direktorlar kengashining olg‘a borishim vaqti kelgani borasidagi fikriga qo‘shilaman”, deb ta'kidlab o‘tgan Isterbruk. 

Ta'kidlanishicha, uning o‘rnini kompaniyaning AQShdagi bo‘linmasiga boshchilik qilgan Kris Kempzinski egallaydi.

Mavzuga oid