Sport | 14:36 / 05.11.2019
24591
2 daqiqa o‘qiladi

Rasman: O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvi namoyish etiladi

Foto: Tribuna.uz

“Sport” telekanali 9 noyabr kungi O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi jonli efirda namoyish etilishini rasman e'lon qildi. 

 Oldinroq, terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov guruhdagi asosiy raqib Saudiya Arabistoni o‘yinimizni o‘rganmasligi va o‘rtoqlik uchrashuviga ko‘proq muxlis kelishi uchun Qirg‘izistonga qarshi uchrashuv TV orqali translatsiya qilinmasligi haqida ma'lum qilgandi.

 Bugun esa matbuot anjumanida «Televideniye xohlasa, Qirg‘iziston bilan o‘yinni translatsiya qilaversin» deya fikr bildirgandi. Oradan ko‘p o‘tmay, “Sport” telekanali uchrashuv to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilishini ma'lum qildi.

 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 9 noyabr kuni soat 17:00da “Paxtakor” stadionida boshlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid