Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq tekshiruvlarini samarali boshqarish tizimi joriy etiladi
Davlat soliq qo‘mitasida Xalqaro valuta jamg‘armasi eksperti Robert Rassel bilan uchrashuv o‘tkazildi.
DSQ matbuot xizmatiga ko‘ra, unda “Soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom loyihasi, soliq tekshiruvlari va tahlika-tahlil yuzasidan Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida 2 hafta mobaynida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarining yakuniy xulosalari muhokama qilindi.
Xalqaro valuta jamg‘armasi tomonidan taklif etilayotgan “Case management system” (Soliq tekshiruvlarini boshqarish tizimi) yordamida soliq tekshiruvlarining qay darajada samarali amalga oshirilayotgani nazorat qilib boriladi.
Ta'kidlanishicha, soliq tekshiruvlarini samarali tashkil qilish uchun eng avvalo, yuqori malakali soliq auditorlarini tayyorlash talab etiladi. Shu bois, bu yo‘lda maxsus o‘quv mashg‘ulotlari dasturi tayyorlandi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra bildirilgan tavsiyalar asosida Davlat soliq qo‘mitasi va XVJ o‘rtasida hamkorlikka oid “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishiga kelishib olindi.
Mavzuga oid
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
08:40 / 10.01.2026
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
15:30 / 25.12.2025
Markaziy bank moliya tashkilotlarida oldindan ogohlantirmasdan tekshiruv o‘tkazadi
07:51 / 15.07.2025