O‘zbekiston | 09:41 / 08.11.2019
12998
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar IIBBga 523ta yangi mashina sotib olinadi

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga 523ta yangi mashina xarid qilinadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida aytilgan.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikning oldini olishda ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasini bosqichma-bosqich zamonaviy transport vositalari bilan ta'minlash to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

Quyidagilar:

2020–2022 yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasini zamonaviy transport vositalari bilan ta'minlash dasturi;

2020 yilda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari va hudud aholisining farzandlari uchun quriladigan va kapital ta'mirlanadigan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan birgalikda 2020 yilning 1 iyuniga qadar qarorning 2-ilovasi 1-bandida, 2020 yilning 1 sentyabriga qadar 2-bandida ko‘rsatilgan maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

Belgilanishicha:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 13 sentyabrdagi 769-son qaroriga muvofiq tashkil etiladi;

qarorning 2-ilovasida ko‘rsatilgan maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish va kapital ta'mirlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, shuningdek ichimlik suvi va oqava suv tashqi muhandislik tarmoqlarini ko‘chirish hamda qurish, obektlarning atrof hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari Toshkent shahrining mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Toshkent shahar hokimligi qarorning 2-ilovasida ko‘rsatilgan obektlarni qurish uchun belgilangan tartibda yer maydoni ajratilishini ta'minlaydi.

2020-2022 yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasini zamonaviy transport vositalari bilan ta'minlash dasturi

2020 yilda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari va hudud aholisining farzandlari uchun quriladigan va kapital ta'mirlanadigan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari ro‘yxati

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid