Jahon | 19:48 / 09.11.2019
3611
1 daqiqa o‘qiladi

American Airlines Boeing 737 MAX parvozlarini boshlash muddatini ortga surdi

Kompaniya kelasi yilning 16 yanvaridan ushbu avialaynerlardan yana foydalanishni boshlashni rejalashtirgandi.

Foto: AP

Amerikaning American Airlines kompaniyasi Boeing 737 MAX avialaynerlaridan foydalanishni boshlash muddatini 2020 yil 5 martga qoldirdi. 

"So‘nggi tavsiyalarni hisobga olib, American Airlines Boeing 737 MAX avialaynerlari ekspluatatsiyasi 2020 yil 5 martdan boshlanishini kutmoqda", - deyiladi kompaniya bayonotida. 

Ta'kidlanishicha, avialayner tegishli sertifikatsiyadan o‘tganidan keyin American Airlines ekspertlari qator sinovlarni o‘tkazishadi. 

Avvalroq kompaniya kelasi yilning 16 yanvaridan ushbu avialaynerlardan yana foydalanishni boshlashni rejalashtirgandi.

Boeing 737 MAX samolyotlaridan foydalanish ikkita aviahalokatdan so‘ng to‘xtatilgandi. 10 mart kuni Efiopiyada Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 MAX 8 samolyoti halokatga uchradi, 157 kishi halok bo‘ldi. 2018 yil 29 oktyabrda Indoneziyaning Lion Air kompaniyasiga qarashli xuddi ana shu modeldagi samolyot halokati natijasida 189 kishi halok bo‘ldi.

Mavzuga oid