EASA Yevropa avianazoratçisi AQŞ federal aviatsiya boşqarmasi va Boeing kompaniyasiga Boeing 737 MAX samolyotlari böyiça beşta talabdan iborat röyxatni jönatdi. Bloomberg agentligining xabariga köra, talablardan biri avtopilot işi bilan boğliq.

Dastlabki tört talab dasturiy ta'minotni hamda uçuvçilarni öqitiş tizimini yaxşilaşga aloqador. Agentlikning qayd etişiça, uşbu samolyotlar bilan yuz bergan ikki aviahalokat sabablari haqida söz borganida aynan mana şu holatlar tilga olingandi. 

EASA samolyotlarni boşqarişning avtomatik tizimi favqulodda vaziyatlarda öçmasligini ta'kidlamoqda. Bu esa uçuvçilarning murakkab vaziyatni tezda bartaraf etişlariga tösqinlik qiladi va yölovçilar xavfsizligiga tahdid soladi.

2018 yil oktyabrda Indoneziyada Boeing 737 MAX samolyoti halokatga uçraşi natijasida 189 kişi halok bölgandi. Ikkinçi layner şu yilning martida Efiopiyada qulab tuşdi. Oqibatda 157 kişi halok böldi. Qator davlatlarda uşbu rusumdagi samolyotlar parvozi töxtatildi.