Sport | 22:21 / 11.11.2019
22663
1 daqiqa o‘qiladi

«Sahro lochinlari»ning parvoz oldidan sovuq Toshkentdagi mashg‘uloti (fotoreportaj)

Saudiya Arabistoni bugun 11 noyabr kuni JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun Toshkentda mashg‘ulotlarni boshladi. Erve Renar murabbiyligidagi «sahro lochinlari» poytaxtdagi «Lokomotiv» stadionida mashg‘ulot o‘tkazishdi. Uning 15 daqiqasi OAV uchun ochiq bo‘ldi.

JCh-2018 da o‘ynagan futbolchilar safiga bir qator yosh futbolchilar ham qo‘shilgan tarkib yaxshi kayfiyatda mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. Oldingi o‘yindagi yirik g‘alaba saudiyaliklarda ishonch uyg‘otgani ko‘rinib turibdi. Toshkentdagi g‘alaba jamoasini guruh yetakchisiga aylantirishini sezib turgan Renar mashg‘ulot davomida xotirjam edi. Quyida Saudiya Arabistonining Toshkentdagi ilk mashg‘ulotidan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Mavzuga oid