Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Burger King Yevropada sun'iy go‘shtdan tayyorlangan burgerlar sotishni boshladi
Ushbu burger uchun sun'iy go‘shtlarni Niderlandiyaning The Vegetarian Butcher kompaniyasi yetkazib beradi.
Amerikaning Burger King restoranlar tarmog‘i Yevropaning 20dan ortiq bozorida o‘simlikdan tayyorlangan go‘shtli burgerlar sota boshladi. Burger Rebel Whopper deb ataladi.
Ushbu burger uchun sun'iy go‘shtlarni Niderlandiyaning The Vegetarian Butcher kompaniyasi yetkazib beradi.
Burger King AQShda Impossible Foods kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi, ammo go‘sht o‘rnini bosuvchi mahsulotdan tayyorlangan burgerlar tarkibida genetik modifikatsiyalashgan birikmalar borligi uchun Yevropa ittifoqi hududida sotilishiga ruxsat berilmagandi. YeI qoidalariga ko‘ra, bunday mahsulotlar sotilishidan oldin tekshiruvdan o‘tishi lozim.
The Vegetarian Butcher 2007 yilda tashkil etilgan. Kompaniya o‘simliklardan tovuq go‘shti, vegetarianlar sosiskasi va boshqa mahsulotlar tayyorlashga ixtisoslashgan. Kompaniyani 2018 yilda Unilever konserni sotib olgan.
Go‘shsiz burger: Amerika fastfud biznesida inqilobiy davr boshlandimi?
Mavzuga oid
17:59 / 17.12.2025
Burger King O‘zbekistonda faoliyat boshladi
13:00 / 19.04.2025
Burger King yaqin oylarda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaydi
23:30 / 10.10.2024
Internetda Burger King’ning 5 milliondan ortiq mijoziga oid ma’lumotlar tarqalib ketdi
19:42 / 05.12.2022