Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda havoning ifloslanishiga juda katta qurilish ishlari sabab ekani aytildi
Toshkent shahrida juda ko‘p qurilish korxonalari ish olib borayotgani sababli AQShning O‘zbekistondagi elchixonasida o‘rnatilgan qurilma havo ifloslanish darajasini baland ko‘rsatmoqda. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi atmosfera havosini muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Umidjon Abdujalilov aytib o‘tdi.
Uning MSK Xalqaro matbuot markazidagi tadbir davomida aytishicha, Airvisual.com sayti tomonidan aniqlanayotgan Toshkent shahridagi atmosfera buzilganligi haqidagi ma'lumotlar o‘tgan yili noyabr oyidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqala boshladi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasida 2018 iyun oyida havoning ifloslanganligi ko‘rsatkichlarini aniqlaydigan qurilma o‘rnatildi. O‘zbekiston Gidrometerologiya markazi ham 65ta nuqtada bu singari qurilmalarni o‘rnatgan. Ushbu qurilmalarning 13tasi Toshkent shahrida”, - deydi u.
Qayd etilishicha, markaz tomonidan bu qurilmalar orqali har kuni 3 marotaba namunalar olinadi.
“To‘g‘ri, ayrim nuqtalarda o‘rnatilgan qurilmalar ko‘rsatkichlari me'yorlarga nisbatan yuqori. Masalan, Toshkent shahrida ham. Chunki Toshkent shahrida juda ko‘p qurilish korxonalari ish olib bormoqda. Shu sababli, Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasida o‘rnatilgan qurilma ifloslanish darajasini baland ko‘rsatmoqda”, - deya aytib o‘tdi U. Abdujalilov.
Bildirilishicha, Toshkent shahridagi atmosferani birgina qurilma bilan aniqlab bo‘lmaydi.
“Agar haqiqatdan ham shu ko‘rsatkich to‘g‘ri bo‘lganida, Toshkent shahrida kasalliklar soni juda ko‘p bo‘lishi kerak edi”, - deya xulosa qilgan Ekologiya qo‘mitasi vakili.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026