Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daryo o‘zanlarida qum-shag‘alni litsenziyasiz qazib olish mumkin bo‘ldi
Daryolar o‘zanlari va qirg‘oqbo‘yi mintaqalarida qum-shag‘al materiallarini qazib olish tartibi soddalashtirildi, deb xabar berdi Norma axborot-huquqiy portali.
Qayd etilishicha, buning uchun endi litsenziya talab etilmaydi. Eslatib o‘tamiz, umumiy qoidaga ko‘ra, ko‘rsatilgan uchastkalarda noruda foydali qazilmalarni qazib olish qat'iy litsenziyaga muvofiq amalga oshiriladi.
Shu bois daryo o‘zanlarida qum-shag‘al materiallarini qazib olish uchun litsenziyalarni endi uzaytirish yoki qayta rasmiylashtirish lozim emas. Amaldagilari esa ularning muddati tugagunga qadar kuchda bo‘ladi, basharti yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi cheklanmasa, to‘xtatib turilmasa yoki tugatilmasa.
Bunda daryolar o‘zanlarida qum-shag‘al materiallarini faqat ularni tozalash jarayonida qazib olish mumkin va FVV huzuridagi “Xavfsiz daryo” DUK tomonidan shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik sub'yektlari va boshqa tashkilotlarga ruxsat berilgan.
Daryo o‘zanlarida va qirg‘oqbo‘yi mintaqalaridagi istiqbolli uchastkalarda geologik o‘rganish uchun 2019 yil 1 iyul kuniga qadar litsenziyalar olgan tadbirkorlik sub'yektlari, istisno tariqasida, “Xavfsiz daryo” DUK bilan qum-shag‘al materiallarini qazib olish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishlari mumkin. Qolgan hollarda tanlash «Ye-IJRO AUKSION»da tanlov asosida elektron savdolar orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
11:37 / 09.10.2025
Tabiatga uyushtirilgan hujum 839 million so‘mga tushdi
15:10 / 01.10.2025
Bir oyda tabiatga 46,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
12:28 / 28.07.2025
Chirchiq daryosida qum-shag‘alni noqonuniy qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi
15:32 / 22.07.2025