Viloyat prokuraturasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tekşiruvlar davomida Past Darğom va Oqdaryo tumanlarida tabiat resurslarini noqonuniy qazib oliş holatlari aniqlandi.

Ma’lumotlarga köra, uçta holatda fuqarolar tomonidan qum-şağal aralaşmalarini ruxsatsiz qazib oliş natijasida tabiiy obektlarga 839 million 744 ming söm zarar yetkazilgan. Holat böyiça barça hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborilgan va noqonuniy işlatilgan texnik vositalar jarima maydonçasiga joylaştirilgan.

Ekologik qonunbuzarlik faqat bu bilan çeklanmagan. Toyloq tumanida ötkazilgan reyd tadbirlari çoğida Nayman mahallasi hududidan oqib ötuvçi Darğom kanalidan ikki nafar fuqaro – Samarqand tumani Badal mahallasida yaşovçi A.E. va Qörğonça mahallasida yaşovçi S.A. qora qum aralaşmasini noqonuniy ravişda yuk maşinasiga ortayotgani aniqlangan.

Inspektorlar tomonidan ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 70¹-moddasi 1-qismiga asosan bayonnoma rasmiylaştirilib, har biriga 8 million 240 ming söm miqdorida jarima qöllangan. Yuk maşinasi esa vaqtinça jarima maydonçasiga olib ketilgan.