Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peshonasidan dum o‘sib chiqqan kuchukcha ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi
AQShning Missuri shtatida peshonasida dum o‘sib chiqqan daydi kuchukcha qutqarib qolindi. Ikki oylik kuchukcha bir necha kun avval qishloqlardan birida topilgan. Kuchli sovuqlar sababli u sovqotib o‘lishi mumkin edi. Bu haqda Mac's Mission hayvonlarni qo‘riqlash tashkilotida ma'lum qilindi.
Tashkilot xodimlari kuchukchaga tumshug‘ida nayza ko‘rinishida uzun shoxi bor dengiz jonzoti sharafiga Narval deb nom berishgan. Ular ijtimoiy tarmoqlarda antiqa kuchukning suratlarini joylashtirishgan. Suratlar minglab layklar va repostlar to‘plagan.
“Men yakkashoxlar mavjudligini bilardim! Biz shunchaki ularni kerakli joyda izlamaganmiz!”, deb hazillashgan foydalanuvchilardan biri.
“Peshonasidagi dumini likillatsa ajoyib ko‘rinsa kerak! Men ham shunday itni xohlayman!”, degan boshqa bir foydalanuvchi.
“Narval juda chiroyli kuchukcha! Umid qilamanki, agar dumi sog‘lig‘iga muammo tug‘dirmasa, uni qoldirishadi. U antiqa it va yaxshi odam qo‘liga tushadi, deb umid qilaman!”, deb yozgan yana bir foydalanuvchi.
Veterinarlar kuchukchani qo‘zdan kechirib, uning peshonasidagi dum ichki organlari bilan bog‘lanmagani va hech qanday fuknsiyani bajarmasligini aniqlashgan hamda uni qoldirishga qaror qilishgan.
Mavzuga oid
15:06
Abu-Dabida AQSh ishtirokida Ukraina va Rossiya muzokaralarining ikkinchi kuni boshlandi
23:29 / 04.02.2026
AQSh Eronga hujum qilsa, nima bo‘ladi?
23:24 / 04.02.2026
Trampga suiqasd qilishda ayblangan shaxs umrbod qamoq jazosini oldi
22:14 / 04.02.2026