O‘zbekiston Afg‘onistonga gumanitar yordam yetkazib berdi
O‘zbekiston «Tinchlik uchun» xayriya aksiyasi doirasida yig‘ilgan gumanitar yordamni Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahriga yetkazib berdi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati xabariga ko‘ra, mazkur xayriya aksiyasi O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan Afg‘oniston Islom Respublikasida yashovchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 1 sentyabridan 1 oktyabriga qadar bo‘lgan muddatda amalga oshirildi.
Undan kelib tushgan barcha mablag‘lar yoshlar uchun zarur bo‘lgan kitob (badiiy adabiyot), o‘quv-qurollar, kiyim-kechak va sport anjomlarini xarid qilish uchun sarflanadi.
Qayd etilishicha, bularning barchasi Afg‘onistondagi ota-ona qaramog‘isiz qolgan, og‘ir sharoitlarda yashayotgan etnik o‘zbeklar va afg‘on yoshlarining muammolariga keng jamoatchilik e'tiborini qaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan qo‘shni davlatga poyezd va yuk mashinalarida yetkazib berildi.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024