Jamiyat | 17:56 / 20.11.2019
10041
3 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qon shahar elektr ta'minoti korxonasi faoliyati takomillashtirilmoqda

Bu yili Qo‘qon shahri elektr ta'minoti korxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi «Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020 yilgi kuz–qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–4407–sonli qaroriga muvofiq, kuz–qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, yakuniga yetkazildi.

 Xususan, korxona tomonidan «Elektr uzatish tarmoqlarini joriy hamda mukammal ta'mirlashni 2019 yilga mo‘ljallangan reja dasturi»ga muvofiq, joriy yil davomida jami 30 km uzunlikdagi 0,4–6 kV.li elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta'mirdan, 142,4 km uzunlikdagi 0,4–6 kV.li elektr uzatish tarmoqlari hamda reja doirasida jami 135 dona 6/0,4 kV.li transformator punktlari joriy ta'mirdan chiqarildi.

 «Obod mahalla» davlat dasturi doirasida shaharning «G‘ishtlimasjid», «Achchiqko‘l», «Tuxlimergan» va «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘inida jami yangi 2 dona transformator punkti o‘rnatildi. 14 dona transformator punktlari joriy ta'mirlandi. 34,4 km uzunlikdagi 0,4 kV.li havo tarmoqlari rekonstruksiya qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–2661–son qaroriga asosan, shahardagi «To‘g‘onboshi», «Achchiqko‘l», «Shaldiramoq», «Sunbula», «Quduqliq» MFYlariga yangi 5 dona quvvatlari 160, 250, 400, 630 kVA bo‘lgan transformator punktlari o‘rnatildi. 9,2 kilometrdan iborat yangi 6 kV.li, 69,7 km uzunlikdagi 0,4 kV.li havo uzatish tarmoqlari qurib bitkazildi.

Kuz–qish mavsumini betalofat o‘tkazish, iste'molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish, avariyali holatlarni bartaraf etish hamda oldini olish bo‘yicha korxonada tun-u kun navbatchilik tashkil etilib, texnika, transport va ehtiyot qismlar zaxiralari jamlandi. 

«Joriy yilning 22 dekabr kuni «Yangi O‘zbekiston, yangi saylov» shiori ostida bo‘lib o‘tadigan siyosiy tadbirga tayyorgarlik doirasida, Qo‘qon shahar elektr ta'minoti korxonasi tomonidan shahardagi 67ta saylov uchastkalarining to‘liq tashqi va ichki elektr ta'minoti qayta ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar joylarda bartaraf etildi.

Ma'lumot o‘rnida shuni ta'kidlab o‘tish joizki, bugungi kunda Qo‘qon shahri to‘liq ASKUE tizimiga ulangan bo‘lib, hozirda barcha hisoblagichlarni dasturlash ishlari amalga oshirilmoqda», deyiladi Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid