Jahon | 20:03 / 21.11.2019
19485
2 daqiqa o‘qiladi

Oksford lug‘ati yil so‘zini e'lon qildi 

Ingliz tilining Oksford lug‘ati «iqlimiy favqulodda vaziyat» (climate emergency) so‘zini 2019 yilning yil so‘zi deb e'lon qildi. Bu haqda New York Times nashri xabar berdi. 

Yil so‘ziga, shuningdek, «iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash» (climate action), «eko-xavotir» (eco-anxiety), «qirilish» (extinction) so‘zlari da'vogarlik qilgan.

“Biz faktlarni ko‘zdan kechirganimizda, iqlim bilan bog‘liq masalalar biz ishlagan barcha leksik birliklar orqali o‘tgani ayon edi. Bu esa 2019 yilda inglizzabon dunyoning haqiqiy xavotiri bo‘lganini ko‘rsatadi”, deb aytgan Oksford lug‘ati muharriri Ketrin Konnor Martin.

“Slimate emergency” atamasining qo‘llanishi 2018 yildan beri 100 marotaba oshgan. 

Avvalroq Kembrij lug‘ati ham foydalanuvchilar so‘rovlariga ko‘ra yil so‘zini e'lon qilgandi. Bu so‘z “upcycling” (qayta ishlash) so‘zi bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, bu so‘z eski narsalarni qayta ishlash yordamida yangilarini ishlab chiqarishni anglatadi.

Mavzuga oid