Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
PPX naryadlari elektromobillar bilan ta'minlanishi mumkin
Andijon ko‘chalarida ichki ishlar organlari faoliyati uchun mo‘ljallangan «Xan» elektrokari sinovdan o‘tkazilmoqda.

Postda.uz nashrining yozishicha, uning og‘irligi 400 kilogrammga yaqin bo‘lib, 45 km/soat tezlikkacha harakatlanishi mumkin, qo‘shimcha 120–150 kilometr yo‘l bosa oladi va oddiy rozetka orqali quvvat oladi.
Qayd etilishicha, ekologik toza, shovqinsiz va ixcham transport vositasi osoyishtalik posbonlarining turistik zonadagi xizmat faoliyatida hamda odamlar gavjum joylarda patrullik qilishida qo‘l keladi. Mitti mashinaning akkumulyatorlari yukxonada joylashgan. Elektromobil modulli tuzilgan bo‘lib, yo‘lovchilar o‘rni sonini o‘zgartirish imkoniga ega. Bir maromda, ravon yura olishi hamda yong‘in chiqish va portlash xavfi kamligi bilan ajralib turadi.

Elektrokar atmosferaga ishlangan gazlarni chiqarmagani sababli atrof-muhitga zarar yetkazmaydi. Uning tuzilishi qo‘shimcha uskunalar o‘rnatish imkonini beradi.
«Xan»ning sinov uchun ishlab chiqarilgan namunasi Xonobod shahridagi MChJda yaratilgan. Sinov yakunlangach, bu kabi avtomobillarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Ular nafaqat Andijon viloyatida, balki mamlakatning boshqa hududlarida ham patrul-post xizmati naryadlari faoliyatiga joriy etilishi ko‘zda tutilgan, deyiladi ma'lumotda.
Shuningdek, kelgusida korxona sexlarida turli vazifalarni bajaruvchi elektromobil, elektroskuter va motisikllar ishlab chiqarilishi aytiladi.
Mavzuga oid
21:02 / 09.10.2025
Samarqandda PPX xizmat mashinasi “avariya”ga sababchi bo‘ldi
12:12 / 19.09.2025
Toshkent viloyatida fuqarolardan 8 mingga yaqin tig‘li jism musodara qilindi
11:47 / 07.08.2025
PPX to‘lovli asosda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi
19:39 / 15.07.2025